1

Homilador ayollarda koronavirusga qarshi immunitet shakllantirish qiyin kechishi rostmi? Olimlarning fikricha...

Salomatlik 21.10.2021, 10:00
Homilador ayollarda koronavirusga qarshi immunitet shakllantirish qiyin kechishi rostmi? Olimlarning fikricha...

Homilador ayollar o`rtasida tadqiqot o`tkazilgan tadqiqotga ko`ra, vaksinaning birinchi dozasi bilan homiladorlikning oxirgi 3 oyligida emlangan  ayollarning aksariyatida immunitetning pasayishi kuzatilgan.

Bu holatni Dyuk universiteti (Shimoliy Karolina shtati) olimlari kuzatgan va “Science Translational Medicine”  jurnalida chop etgan, deya xabar bermoqda TASSga tayanib Zamon.uz nashri.

Ma`lumotga ko`ra, ayniqsa, “Moderna”, “Pfizer” va “BioNTech” preparatlaridan so`ng homilador va emizikli ayollarda antitela pastligi  aniqlangan.

Shu bilan birga, to`liq emlashdan so`ng homilador bo`lmagan shuningdek, emizikli va homilador ayollar o`rtasida miinimal farq borligi, ya`ni emizikli ayollarda NK-hujayralari soni ko`payishi kuzatilgan.

“Natijalar shuni ko`rsatdiki, homiladorlikning oxirgi 3 oyligida emas, balki boshida emlash va keyinchalik kuchaytiruvchi dozasi yo`ldosh va ona suti orqali antikorlarning tarqalishini maksimal darajada oshirishga yordam beradi.", - deya xulosa qilgan tadqiqot mualliflari.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1