AsosiySiyosat

Turkiya Buyuk Millat majlisi deputati: "Ikkinchi marotaba O`zbekiston saylovida o`z missiyamizni amalga oshiryapmiz"

'Turkiya Buyuk Millat majlisi deputati: "Ikkinchi marotaba O`zbekiston saylovida o`z missiyamizni amalga oshiryapmiz"'ning rasmi

Bugun, 22 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Markziy saylov komissiyasida Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi kuzatuvchilari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda Markziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Uchrashuvda joriy yilda bo`lib o`tadigan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish borasida olib borilayotgan ishlar xususan, saylov qonunchiligiga kiritilgan o`zgartirishlar, saylov kampaniyasini moliyalashtirish, saylov jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish, Prezident saylovini o`tkazuvchi okrug saylov komissiyalari faoliyati, chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalari kabi masalalar haqida so`z yuritildi.

"Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi 2008 yil tashkil etilgan bo`lib, TTDPAga a`zo davlatlardagi saylovlarni kuzatishni esa 2010 yildan boshladi.  

O`zbekistondagi saylovlarda kuzatuvchi sifatida ilk marotaba 2019 yil parlament saylovida ishtirok etdik va ikkinchi marotaba o`z missiyamizni amalga oshirayotganimizdan juda mamnunmiz", dedi Turkiya Buyuk Millat majlisining deputati Redjep Sheker.

Ta`kidlash joiz, Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan Prezident sayloviga tayyorgarlik ko`rish va ularni o`tkazish jarayoni bo`yicha kuzatuvni amalga oshiruvchi missiya tarkibi 18 nafar ekspertdan iborat.

Ular o`z navbatida Respublikamizning okrug va uchastka saylov komissiyalariga tashrif buyurib saylov jarayonlarining borishi yuzasidan materiallar to`plash va ularni tahlil qilish, saylov qonunchiligini huquqiy ekspertizadan o`tkazadi va saylovlarning ochiqlik va oshkoralik prinsiplariga baho beradi. 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar