AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 2025 yilgacha yana 10 ta ixtisoslashtirilgan maktab ochiladi

'O`zbekistonda 2025 yilgacha yana 10 ta ixtisoslashtirilgan maktab ochiladi'ning rasmi

Bu haqda bugun Xalqaro media hollda "Sifatli ta`lim — inson kapitaliga sarmoya" mavzusida bo`lib o`tgan muloqotda ma`lumotlar berildi.

Ma`ulm qilinishicha, joriy o`quv yilidan Samarqand va Qarshi shaharlarida ham Prezident maktablari o`z faoliyatini boshladi. 2025 yilgacha yana 10 ta ixtisoslashtirilgan maktabni ochish, ijod maktablarining moddiy-texnik bazasini yanada kuchaytirish borasida qarorlar qabul qilindi.

Prezident ta`lim muassasalari agentligi tomonidan “Maktab maslahatchisi” - “School Counselor”  dasturi ishlab chiqilib, 2021-2022 o`quv yilidan Prezident maktablarida joriy qilinmoqda.  

Bularning barchasi bugun Xalqaro media hollda tashkil etilgan "Sifatli ta`lim — inson kapitaliga sarmoya" mavzusidagi ochiq muloqotda keltirib o`tildi. 

Shu bilan birga, oliy ta`lim muassasalarining ilmiy va innovasion faoliyatini baholash bo`yicha o`tkazilgan attestasiya jarayonida yuqori ball olgan 10 nafar rahbar o`rinbosarlari “Innovasion g`oyalar etakchisi” ko`krak nishoni bilan taqdirlangani aytildi.

    Boshqa yangiliklar