AsosiyJamiyat

O`zbekiston Prezidentligiga ko`rsatilgan nomzodlar qancha miqdorda ovoz to`plashdi?

'O`zbekiston Prezidentligiga ko`rsatilgan nomzodlar qancha miqdorda ovoz to`plashdi?'ning rasmi

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov o`tkazuvchi saylov uchastkalarining barchasida saylov byulletenlari sanab chiqildi.  

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxodjaev ma`lum qilishicha,  siyosiy partiyalar tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko`rsatilgan nomzodlar saylovchilarning quyidagi miqdordagi ovozini oldi:  

 

  • O`zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan nomzod Bahrom Abdurahimovich Abduhalimov – 3,4 foiz;

 

  • O`zbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Narzullo Naimovich Oblomuradov – 4,1 foiz;

 

  • O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Alisher Keldievich Qodirov – 5,5 foiz;

 

  • O`zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Maksuda Azizovna Varisova – 6,6 foiz;

 

  • Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoev – 80,1 foiz;

 

 

 

    Boshqa yangiliklar