O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Turkiya Prezidenti davlatimiz rahbarini Prezident saylovida erishgan g`alabasi bilan samimiy muborakbod etib, ovoz berish natijalari mamlakatimiz aholisi Yangi O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng qo`llab-quvvatlayotganini ko`rsatganini alohida ta`kidladi.
O`zbekiston etakchisi, o`z navbatida, Turkiya Prezidenti va butun xalqini ushbu mamlakatning yaqinlashib ketayogan bosh milliy bayrami – Respublika kuni bilan iliq qutlab, tinchlik-osoyishtalik va tinchlik-farovonlik tiladi.
Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig`ilishi va Turkiy Kengash sammitiga tayyorgarlik masalalari ko`rib chiqildi.
O`zaro savdoni yanada ko`paytirish, yirik investisiya loyihalari portfelini kengaytirish va muhim ta`lim dasturlarini amalga oshirish borasidagi birgalikdagi sa`y-harakatlarni davom ettirish muhim ekani qayd etildi.