Xabaringiz bor, kelasi yil 1-19 iyun kunlari O`zbekistonda futbol bo`yicha U-23 Osiyo chempionati bo`lib o`tadi.
Bugun Toshkentda Osiyo chempionati saralash bahslari boshlandi. Unda Timur Kapadze boshqaruvidagi futbolchilarimiz Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 2:2 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi.
Birinchi bo`limning 40-daqiqasida Saudiya Arabistoni a`zosi Hamed Abdulloh Al Gamdi hisobni ochdi. Oradan besh daqiqa o`tib esa Otabek Jo`raqo`ziev muvozanatni tikladi. Tanaffusdan keyin saudiyaliklar yana bir marotaba vakillarimiz darvozasini ishg`ol etdi. Abdulmuhsin Al Qahtani bu safar gol muallifiga aylandi. 80-daqiqada esa Jasur Jaloliddinov penaltidan muvozanatni tikladi.
Ma`lumot uchun, saralash bahslari Quvayt mamlakatida o`tkazilishi lozim edi. Biroq quvaytliklar mezbonlikdan bosh tortgach, OFK mezbonlikni O`zbekistonga berishni lozim topdi.
U-23 Osiyo chempionati saralashi, 1-tur
Saudiya Arabistoni - O`zbekiston 2:2
Gollar: 40 - Hamed Abdulloh Al Gamdi (1:0), 45 - Otabek Jo`raqo`ziev (1:1), 47 - Abdulmuhsin Al Qahtani (2:1), 80 - Jasur Jaloliddinov (2:2)