Nega yosh bolalar orasida pnevmoniyaga chalinish holatlari ko`p uchramoqda? Mutaxassis javob berdi

Salomatlik 28.10.2021, 15:43
Nega yosh bolalar orasida pnevmoniyaga chalinish holatlari ko`p uchramoqda? Mutaxassis javob berdi

Bugun pnevmoniya kasalligi ko`pchiligimiz uchun yaxshi tanish. Boisi , so`nggi paytlarda bu xastalikka chalinish butun dunyoda bo`lgani kabi yurtimizda ham ko`p kuzatilmoqda. Afsuski, ushbu kasallik bolalarni ham chetlab o`tayotgani yo`q. So`nggi paytlarda bolalar o`rtasida pnevmoniyaga chalinish holatlari ko`p kuzatilmoqda. Xo`sh, buning asosiy sabablari nimada?

SSV Matbuot xizmati shu va shu kabi savollar bilan Sog`liqni saqlash vazirligi bolalar bosh pulmonologi, tibbiyot fanlari doktori, professor Furqat ShAMSIEVga murojaat qildi. 

— Darhaqiqat, bu yil yurtimizda yosh bolalar o`rtasida pnevmoniyaga chalinish holatlari soni birmuncha ortdi. Buni esa butun dunyodagi pandemiya holati, qolaversa, “COVID-19” infeksiyasining yangi shtammlarining paydo bo`lishi va bu shtammlar bevosita bolalarda ham ko`p uchrayotgani bilan bog`lash mumkin.

Bundan tashqari, bolalarda o`pka kasalliklarining ortishiga yana bir qancha omillar sabab bo`lmoqda. Jumladan, havo-tomchi yo`li orqali yuqadigan virusli infeksiyalar ko`paygan vaqtda bolani shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmasligi, himoyalovchi vositalarni to`g`ri ishlatmasligi ularning ushbu xastaliklar bilan kasallanishiga olib kelmoqda.

Shu bilan birga, ota-onalar tomonidan farzandini uy sharoitida gripp va o`tkir respirator kasalliklardan o`zboshimchalik bilan davolashi, bemor bo`lsa-da o`g`il-qizlarini bog`cha yoki maktabga yuborishi va bu orqali boshqa sog`lom bolalarga infeksiyani yuqtirishga sharoit yaratishi, bolada surunkali infeksiya o`choqlarini vaqtida bartaraf etilmasligi, noto`g`ri ovqatlantirish, bolaning ruhiy zo`riqishi, jismonan chiniqmaganligi, kam harakatligi, uzoq vaqt yopiq xonalarda o`tirishi hamda virusli kasalliklar epidemiyasi vaqtida vaksinasiya qilinmasligi ham kasallanishlar soni ortishiga sabab bo`lyapti, - deya javob berdi mutaxassis. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1