AsosiyJamiyat

Derazadan tashlab yuborilgan talaba: fakultet yopilgani rostmi? — So`z dekanga

'Derazadan tashlab yuborilgan talaba: fakultet yopilgani rostmi? — So`z dekanga'ning rasmi

Avvalroq, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi Kamilova Mushtariyning dekan o`rinbosari tomonidan zo`rlashga harakat qilinib, derazadan itarib yuborilgani haqida xabar berilgan edi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur fakultetda hodisa sabab talabalar onlayn ta`limga o`tkazilgani, hozirda o`quv binosi yopilgani aytilmoqda.

"darakchi.uz" qiz ta`lim olayotgan, voqea sodir bo`lgan Professional ta`lim fakultetida bo`ldi. Binoga kirib borar ekanmiz, barcha auditoriyalarda dars jarayonlari bo`layotganiga guvoh bo`ldik. Shuningdek, fukultet ma`muriyati ham o`z ish o`rnida. Biz ularni ham tingladik.

Hayot Qodirov, Professional ta`lim fakulteti dekani:

 — Mushtariy rus guruhida ta`lim oladi, guruhda umumiy 5 nafar talaba bor. O`sha kungi noxush hodisadan so`ng, faqat shu guruh talabalariga 2 kunga ruxsat berildi. Lekin fakultetda o`qishlar to`liq an`anаviy tarzda olib borilmoqda. 

Men ushbu dargohda 1 yildan buyon rahbar bo`lib ishlayotgan bo`lsam, shu davr ichida talaba qiz haqida ham, dekan o`rinbosari haqida ham biror yomon ma`lumot yoki holatga guvoh bo`lmaganman. 

Ushbu voqea haqida esa o`sha kunning o`zida talabaning onasidan eshitiboq shifoxonaga etib borgandim. Holat o`sha vaqtdayoq huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan nazoratga olingan. Dastlabki tergov natijalari e`lon qilinmasdan avval, biz bu voqea bo`yicha biror bir xulosa bera olmaymiz,- deya izoh berdi dekan.

    Boshqa yangiliklar