AsosiySalomatlik

Koronavirusga qarshi vaksina shamollashda ham samara beradimi?

'Koronavirusga qarshi vaksina shamollashda ham samara beradimi?'ning rasmi

​​COVID-19 dan emlanish notipik pnevmoniya va shamollashdan himoya qilishi mumkin.

Avval, grippdan emlanish boshqa respirator kasalliklar va hatto COVID-19 dan himoya qilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Amerika olimlarining yangi tadqiqoti ko`rsatishicha, koronavirusga qarshi vaksinalar ham o`xshash samara berishi mumkin.

Shimoli-G`arbiy universitet mutaxassilari koronavirusning boshqa turlari bilan kesishuvchanligini aniqlash uchun COVID-19 dan emlanganlarning qon plazmasini o`rgandilar.

Natijalar ko`rsatishicha, SARS-CoV-2 ga kesishuvchan-reaktiv antitanachalar, potensial darajada, SARS-CoV-2 dan va pastroq darajada mavsumiy koronavirusdan himoya qilishi mumkin.

Shuningdek, tadqiqot notipik pnevmoniyaga qarshi emlangan sichqonlar SARS-CoV-2 ga nisbatan ham kesishuvchan immunitetga ega ekanligini ko`rsatdi.

Avval boshdan o`tkazilgan mavsumiy koronavirus boshqa koronaviruslardan himoya qilishi mumkinligi ham yana bir muhim kashfiyotni kasb etdi.

Tadqiqot mualliflarining fikriga ko`ra, olingan ma`lumotlar bir oilaga mansub koronaviruslarga qarshi universal vaksinalar uchun istiqbol yaratadi.

    Boshqa yangiliklar