“Barselona” hujumchisi Serxio Aguero Ispaniya chempionatining 12-turida “Alaves”ga qarshi o`yinda o`zini yomon his qildi. Natijada, futbolchi birinchi bo`lim yakuni arafasida zaxiraga olindi.
Qayd etilishicha, argentinalik futbolchi ko`krak qafasidagi og`riqdan shikoyat qilgan. Keyinchalik 33 yoshli Aguero zudlik bilan shifoxonaga yuborilgan.
Ma`lum bo`lishicha, Agueroda taxikardiya (yurak tez urishi) yuzaga kelgan. O`yin vaqtida nafas qisishi holati kuzatilgan.