Yamanning Marib shahridagi masjid va diniy maktabiga xusiylar tomonidan ballistik raketa zarbalari berildi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Qayd etilishicha, xusiylar Marib tomon ikkita raketni uchirgan. Natijada, 29 nafar tinch aholi, jumladan, ayollar va bolalar halok bo`lgan. Ko`plab jarohatlanlar kasalxonalarga yotqizilgan.
Eslatib o`tamiz, Yamandagi mojarolar 2014 yildan buyon davom etib kelmoqda. 2015 yilda esa Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalisiya kuchlarining respublika prezidenti Mansur Hodiy tarafiga kelib qo`shilganidan so`ng harbiy ziddiyatlar yanada kuchaygan.