Britaniya Kolumbiyasining g`arbiy provinsiyasida 3300 dan ortiq tibbiyot xodimi COVID-19 vaksinasidan bosh tortgani uchun ishdan chetlatildi. Bu haqda Global News agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, provinsiyadagi 127,5 ming tibbiyot xodimining 96 foizi koronavirusga qarshi emlashning to`liq kursini bajargan. 2 mingdan ziyodi esa bitta komonent bilan emlangan. Vaksina bilan emlanishdan bosh tortganlar soni esa 3325 nafarni tashkil qilmoqda. Natijada ular ishdan bo`shatilgan.
Tibbiyot xodimlarining etishmovchiligi tufayli kasalxonalarda operasiyalar to`xtatilgan.