Ma`lumki, mamlakatimizning 2020 yilgi chempioni “Bunyodkor-W” tarixda ikkinchi bor o`tkazilayotgan Chempionlar ligasida ishtirok etadi.
Iordaniyaning Aqaba shahrida bo`lib o`tadigan musobaqada to`rt jamoa g`oliblik uchun kurash olib boradi. Bular - “Sri Gokulam Kerala” (Hindiston), “Shahrdari Sirjan” (Eron), “Amman klub” (Iordaniya) va albatta “Bunyodkor-W”. Jamoalar dastlabki tur o`yinini 7 noyabr kuni o`tkazsa, navbatdagi ikkita turning orasida uch kundan farq bor. Guruh g`olibi o`z-o`zidan Chempionlar ligasining ikkinchi chempioni sifatida tarixdan joy oladi.
JAMOAMIZ IShTIROKIDAGI O`YINLAR
1-tur. 7 noyabr
“ShAHRDARI SIRJAN” (Eron) - “BUNYoDKOR-W”
2-tur. 10 noyabr
“BUNYoDKOR-W” - “AMMAN KLUB” (Iordaniya)
3-tur. 13 noyabr
“BUNYoDKOR-W” - “SRI GOKULAM KERALA” (Hindiston)
“Bunyodkor-W” bosh murabbiyi Elmira Gulamova Chempionlar ligasi uchun 23 nafar futbolchini tanlab oldi. “Qaldirg`ochlar” bugun tunda Istanbul orqali Ammanga uchishadi. “Bunyodkor-W” delegasiyasi a`zolari bilan tanishing:
RAHBARIYaT
Shomurod Isroilov – delegasiya rahbari
Islom Xo`jaev – jamoa menejeri
Sohib Egamov – matbuot kotib
Elmira Gulamova – bosh murabbiy
Vladimir Panov – murabbiy
Oleg Qahhorov – darvozabonlar murabbiyi
Shahnoza Mahmudova – massajchi
Nataliya Alajieva – ma`mur
Rustam Yusupov – shifokor
FUTBOLChILAR
Darvozabonlar
1. Olga Qahhorova
12. Ziyoda Irisboeva
23. Zarina Saidova
Himoyachilar
4. Ziyoda Isoqova
5. Kamola Risqieva
8. Luiza Sadirova
14. Marina Kosnikova
17. Dilrabo Asadova
18. Yulduz Nabieva
20. Baxtigul Toktobolotova
24. Zuhra Berdieva
Yarim himoyachilar
6. Ayjan Bo`ronbekova
9. Dildora Nozimova
10. Saida Galimova
11. Gulchehra Eshmamatova
15. Umida Zoirova
21. So`g`diyona Allamurodova
27. Ilvina Ablyakimova
Hujumchilar
7. Lyudmila Karachik
13. Polina Mixanko
22. Aziza Norboeva
19. Nozima Ergasheva
25. Alina Almatova