AsosiySUG'DIYONA
7320

People jurnali 2016 yilning eng go`zal ayoli kimligini e`lon qildi

People jurnali o`z talqini bo`yicha 2016 yilning eng go`zal ayoli kim ekanligini e`lon qildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Unga ko`ra, amerikalik aktrisa Jennifer Eniston 2016 yilda “dunyoning eng go`zal ayoli” degan nomga sazovor bo`ldi.

47 yoshli aktrisa sog`lom turmush tarzini kechiradi. Jennifer haftada olti soatcha vaqtini sportga bag`ishlaydi. U shuningdek, rasionidan fast-fudni olib tashlagan holda, faqat foydali ozuqaviy mahsulotlarni iste`mol qiladi.

Aktrisaning go`zalligini undagi o`ziga ishonch, og`ir-bosiqlik, mehribonlik va haqqoniylik kabi jihatlar ham ko`rsatadi.

“Hayotda hech narsadan afsuslanmang. O`zingizni omadsiz deb o`ylamang va atrofingizdagilarga sizni shunday his qilishingizga majbur qiladigan harakatlar qilishiga yo`l qo`ymang”,—deydi Eniston jurnalga bergan intervyusiga.

Boshqa yangiliklar