AsosiySport

O`zbekiston dzyudo terma jamoasi jahon chempionatida bronza medalini qo`lga kiritdi

'O`zbekiston dzyudo terma jamoasi jahon chempionatida bronza medalini qo`lga kiritdi'ning rasmi

Parij shahrida dzyudo bo`yicha harbiylar o`rtasida jahon chempionati o`z yakuniga etdi. So`nggi jamoaviy bellashuvlarda yigitlarimiz shohsupaga ko`tarilishdi. Bu haqda Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Chorak finalda Braziliyadan ustun kelgan polvonlarimiz yarim finalda avstriyalik raqiblariga kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo`yishdi. Bronza medali uchun kechgan bellashuvda Eron jamoasi mag`lub etildi. Afsuski, qizlarimiz uchinchi o`rin uchun bahsda avstriyalik raqibalariga imkoniyatni boy berib qo`ydilar. Qayd etish joiz, qizlarimiz 5 o`ringa mo`ljallangan bahsda 3 sportchi bilan yurtimiz sharafini himoya qildilar. Bu esa foydalanilmagan 2 o`rinda raqibga ustunlik beradi. Shunday bo`lsa ham, ular bronza medali uchun kurashish bosqichigacha etib kelishdi.

Eslatib o`tamiz, dzyudochilarimiz yakkalik bellashuvlarda 4 ta oltin va 1 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinichi o`rinni qo`lga kiritishgan edi.

O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi o`z tarixida yubiley 40-bor o`tkazilgan ushbu musobaqada qo`lga kiritilgan muvaffaqiyat bilan O`zbekiston dzyudo federasiyasi va sportchilarimizni tabriklab qoladi.

Boshqa yangiliklar