OFK kubogi-2021 final uchrashuvida “Nasaf” Bahraynda “Al-Muharraq” klubiga qarshi maydonga tushdi.
Kutilmaganda uchrashuvning 2-daqiqasida futbolchilarimiz o`z darvozasi to`ridan to`p olib chiqdi. Mahmud Al Mardi zarbasidan keyin “Nasaf” darvozaboni xatoga yo`l qo`ydi, - 1:0. Tanaffusga qadar hisobda o`zgarish bo`lgani yo`q.
Ikkinchi bo`limni “Nasaf” kutilganidek hujumlar bilan boshladi. Vaziyatlarning birida Suhrob Nurulloevning zarbasidan so`ng darvoza to`siniga tegib qaytdi. 74-daqiqaga kelib “Nasaf” futbolchilarining ehtiyotsizligi tufayli “Nasaf” o`z darvozasi to`ridan navbatdagi golni olib chiqdi, - 2:0.
Yo`qotadigan narsasi qolmagan “Nasaf” yana hujumlarga tashlanishi qimmatga tushdi. 80-daqiqada “Al-Muharraq”ning braziliyalik hujumchisi Flavio qarshi hujum orqali jamoasining uchinchi golini urdi, - 3:0.
Shu tariqa, uchrashuvda mazkur hisob saqlanib qoldi va “Nasaf” OFK kubogini boy berib qo`ydi.
OFK kubogi-2021
“Al-Muharraq” – “Nasaf” – 3:0
Gollar: Mahmud Al Mardi (2), Husayin Sabba (74), Flavio (80)