AsosiySport

Chim ustida xokkey: Andijon va Farg`onada O`zbekiston chempionlari aniqlandi

'Chim ustida xokkey: Andijon va Farg`onada O`zbekiston chempionlari aniqlandi'ning rasmi

Xabar berganimizdek, Turizm va sport vazirining 2021-yil 27-oktyabrdagi 687-sonli buyrug`iga asosan joriy yil 1-6-noyabr kunlari Andijon shahridagi “Xalqlar do`stligi” o`yingohida chim ustida xokkey bo`yicha 1999-yilda tug`ilgan va undan kichik yoshdagi qizlar o`rtasida O`zbekiston chempionati bo`lib o`tdi.

Musobaqada jami 6ta jamoa ishtirok etdi. Qizg`in va murosasiz kurashlar ostida kechgan bahslar yakuniga ko`ra 1-o`rinni Samarqand viloyati jamoasi egalladi. Ular hal qiluvchi final bahsida mezbonlar – Andijon viloyati jamoasidan ustun kelishdi. Kuchli uchlikka Farg`ona viloyati jamoasi yakun yasab berdi.

Shuningdek, xuddi shu muddatda Farg`ona shahridagi sport o`yingohida 2003-yilda tug`ilgan va undan kichik yoshdagi o`smirlar o`rtasida ham O`zbekiston chempionati bo`lib o`tdi.

Musobaqada Andijon viloyati jamoasi 1-o`rinni egalladi. Oltin medallar uchun kechgan o`yinda ular samarqandlik tengqurlarini mag`lub etishdi. Sovrindorlar uchligidan Farg`ona viloyati jamoasi ham o`rin oldi.

Yakunda ishtirokchi jamoalar va sovrindorlarga medal, diplom hamda sport ekipirovkalari tantanali ravishda topshirildi.

Boshqa yangiliklar