Hindistonda so`nggi ikki kun ichida kamida 24 kishi qalbaki spirtli ichimliklar iste`mol qilib vafot etgan. Bu haqda Times of India xabar berdi.
Qayd etilishicha, hukumat tashabbusi bilan Bixar shtatining ikki tumanida spirtli ichimliklar sotib olish rasman taqiqlangan. Shunday bo`lsa-da, vafot etganlarning aksariyati shu tumanda kuzatilgan.
Shuningdek, G`arbiy Champaranda 8 kishi, Gopalganjda esa olti kishi qalbaki spirtli ichimliklar tufayli halok bo`lgan.
Spirtli ichimliklar savdosiga qarshi kurash bo`yicha vaziri Sunil Kumarning ma`lum qilishicha, bu yil Bixarda sifatsiz alkogol mahsulotlari tufayli 40 kishi halok bo`lgan.
“Hozirda spirtli ichimliklar tufayli halok bo`lganlarning soni ortib ketmaslik uchun jiddiy choralar ko`rilmoqda”, - deyiladi xabarda.