Taekvondo bo`yicha kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati yakunlandi. Musobaqaning so`nggi kunida ham bir qator vazn toifalarida qiziqarli janglar o`tkazildi.
Kutilganidek, ayollar -53 kg vazn toifasida Charos Qayumova g`alaba qozondi. -57 kg vazn toifasidagi final bahsi ham qiziqarliligi bilan ajralib turdi. Unda yosh sportchimiz Ozoda Sobirjonova 2017 yilgi jahon chempionati sovrindori Dinora Mamadibragimovadan ustun keldi. Erkaklar o`rtasidagi bahslarda esa Jasurbek Jaysunov (-68 kg), Shuhrat Salaev (-80 kg) va Shohruh Rajabov (+87 kg) g`alaba qozondi.
Batafsil:
Ayollar
-53kg
Oltin – Charos Qayumova
Kumush – Sitora Ergasheva
Bronza – Asalxon Xo`janiyozova
Bronza – Nozima Xolmuhammedova
-57kg
Oltin – Ozoda Sobirjonova
Kumush – Dinora Mamadibragimova
Bronza – Laylo Polatova
Bronza – Pokiza Po`latova
Erkaklar
-74kg
Oltin – Jasurbek Jaysunov
Kumush – Najmiddin Qosimxojiev
Bronza – Diyorbek Haydarov
Bronza – Shahboz Tusmatov
-80kg
Oltin – Shuhrat Salaev
Kumush – Mavlonbek To`xtasinboev
Bronza – Azizbek Abduqodirov
Bronza – Abduqodir Xo`jayorov
+87kg
Oltin – Shohruh Rajabov
Kumush – Javlonbek Sunnatulaev
Bronza – Mirzonozim Sharapov
Bronza – Muhammadali Turg`untoshev