1

“Debyut start-2021” festivalida g`olib bo`lgan loyihalar asosida“Soddadil” filmi suratga olindi

Madaniyat 07.11.2021, 20:04
“Debyut start-2021” festivalida g`olib bo`lgan loyihalar asosida“Soddadil” filmi suratga olindi

“Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan yolg`iz o`g`lini qo`ng`iroq qilishini kutayotgan keksa cholning hayoti akst etuvchi “Soddadil” filmi suratga olindi.

Ushbu film “Debyut start-2021” kinofestivalida g`olib bo`lgan ssenariy loyihalari asosida tayyorlangan.

Unda bosh rolni O`zbekiston xalq artisti Rajab Adashev ijro etdi, deya xabar bermoqda Kinematografiya agentligi.  

Ssenariy muallifi va rejissyor Azamat Nurmatov, operator Jasur Rustamov, rassom Suhrob Shermuhammedov, grimyor Maftuna Ergasheva, ovoz operatori Niyozali Hojiakbarov, badiiy rahbar Marat Soliev, kartina direktori Sharif Qasimbaev.

Ma`lumotga ko`ra, filmning montaj ishlari yakuniga etgan. Tez orada uning premerasi kutilayotgani aytilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1