Blogger Sardor Komilov o`zining Facebook`dagi sahifasida xonanda Aziza Niyozmetova “O`zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan ogohlantirilganini ma`lum qilib, tashkilotning rasmiy xatini ilova qildi.
Xonanda Aziza Niyozmetova o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida internet foydalanuvchilari bilan qo`pol munosabatda bo`lgani, ular bilan turli haqoratli so`zlardan foydalanib gaplashgani bunga sabab bo`lgani ehtimoldan xoli emas.