1

“Ob`ektiv” qisqa metrajli filmi suratga olindi

Madaniyat 08.11.2021, 18:54
“Ob`ektiv” qisqa metrajli filmi suratga olindi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Ob`ektiv" (“Objective”) qisqa metrajli filmi suratga olindi.

Kinokartinada Laylo ismli qizning musiqaga oshuftaligi, ko`ngil qo`ygan yigiti bilan bo`lgan voqealari hikoya qilinadi, deya xabar bermoqda agentlik.

Qayd etilishicha, mazkur kinokartina “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihacida yaratilgan.

Ssenariy mualliflari Saida`loxon Ma`sudxonov, Odilbek Qosimov, Husnullo Jomonqulov, postanovkachi rejissyor Saida`loxon Ma`sudxonov, operator Odilbek Qosimov, rassom Timur Murodov, ovoz operatori Shahzod To`xtamurodov.  

Eslatib o`tamiz,“Ob`ektiv” qisqa metrajli filmi “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida “Hay`at a`zolarining maxsus sovrini” hamda “Eng yaxshi aktrisa” nominasiyalari bo`yicha g`oliblikni qo`lga kiritgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1