Iroq g`arbida IShID etakchilaridan biri yo`q qilindi. Bu haqda “TASS”ga asoslanib, Zamon nashri xabar berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, Iroq g`arbida joylashgan Anbar viloyatida mamlakat razvedka xizmatlari tomonidan IShID qo`mondonlaridan biri Abu al-Bara o`ldirilgan. Shu bilan birga maxsus kuchlar terrorchilarning uch qarorgohini yo`q qilgan.
Ma`lumot o`rnida: 2014 yilda IShID Iroq hududining uchdan bir qismini egallab olgan. Ular mamlakatning yirikligi bo`yicha ikkinchi shahri bo`lgan Mosulni o`zi nazorat qilayotgan hududlarning markazi deb e`lon qilgan. 2015 yilda AQSh boshchiligidagi xalqaro koalisiya IShID'ga qarshi keng ko`lamli operasiya boshlaydi. 2017 yil dekabrida esa Iroq hukumati terrorchilar ustidan g`alaba qozonilganini e`lon qildi.
Avvalroq IShID bosh moliyachisi qo`lga olingani hamda Iroq bosh vaziriga suiqasd uyushtirilgani xabar qilingandi.






