Rossiyalik olimlar qancha antitanacha koronavirusdan butkul himoya qilishini ma`lum qildi
Rossiyalik olimlar koronavirusdan to`liq himoyalanish uchun insonga qancha antitanacha zarurligi borasida tadqiqot o`tkazdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Gameleya markazi direktori Aleksandr Ginsburgning ma`lum qilishicha, tadqiqotda Moskvaning 4000 aholisi ishtirok etgan.
“Biz 300ta antitanacha “delta”dan to`liq himoya qmilishini aniqladik. Shuningdek, “Sputnik Layt” vaksinasi bilan emlash kerak. Agar unda 350-400 antitanacha mavjud bo`lsa, “Sputnik”ning ikkinchi dozasi bilan emlash maqsadga muvofiq bo`ladi. Agarda sizda 500dan ortiq antitanacha bo`lsa, unda siz koronavirusni yuqtirmaysiz”, - deya Ginsburg.