“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino va klub sport direktori Tiago Pinto o`rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Bu haqda II Messaggero xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mourino klubning transfer siyosati va tarkibdagi holatdan norozi bo`lgan. O`z navbatida “bo`rilar” rahbariyati esa qayd etilayotgan natija va murabbiyning matbuot anjumanida noroziligini ochiq bildirayotganidan norozi bo`lgan.
Eslatib o`tamiz, “Roma” safida hamyurtimiz Eldor Shomurodov to`p surmoqda.