1

“Ikki yo`l” qisqa metrajli filmi suratga olindi

Madaniyat 09.11.2021, 11:47
“Ikki yo`l” qisqa metrajli filmi suratga olindi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Ikki yo`l” (“Two ways”) qisqa metrajli filmi suratga olindi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Postanovkachi rejissyorlar Murad Guseynov, Saddam Mexdiev, operator Zikrillo Hikmatov.  

Mazkur kinokartina “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida ozarbayjonlik ijodkorlar bilan birga yaratilgan.

“Ikki yo`l” qisqa metrajli filmida ota va o`g`il o`rtasidagi munosabatlar, insoniy tuyg`ular aks ettirilgan.  

Ma`lumot uchun, “Kino 5 kunda” tanlovida Ispaniya, Filippin, Yaponiya, Hindiston, Rossiya, Armaniston, Qozog`iston va boshqa mamlakatlardan yosh kinoijodkorlar ishtirok etishdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1