AsosiyDunyo

Litvada favqulodda holat joriy qilinishi mumkin. Boisi...

'Litvada favqulodda holat joriy qilinishi mumkin. Boisi...'ning rasmi

Litva Ichki ishlar vazirligi noqonuniy migrantlar oqimi tufayli chegaradagi viloyatlarda favqulodda holat joriy etishni taklif qilmoqda. 

Bu haqda Litva ichki ishlar vaziri Agne Bilotaytega tayanib UzA ma`lum qildi.

Ushbu sarosima Belarusdagi noqonuniy migrantlar guruhlari Polsha chegarasiga o`tgani haqidagi xabarlardan so`ng paydo bo`lgan.

“Biz Polsha-Belarus chegarasida qanday voqea yuz berayotganini kuzatyapmiz. Biz ushbu bosqinlar va hujumlarga duch kelmasligimiz uchun o`ta ehtiyot bo`lishimiz kerak. Shu bois, tegishli bo`limlar shay holatga keltirildi. Zobitlarimiz mavjud vaziyatni hisobga olgan holda qayta joylashtiriladi, – dedi vazir Agne Bilotayte.

Xabarda aytilishicha, Litva Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Davlat chegarasini qo`riqlash xizmati noqonuniy migrantlar tomonidan chegaraga bostirib kirishga urinish va fuqarolar hayotiga xavf soladigan harakatlar kuzatilsa, maxsus texnika va qurollardan foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

Litva Tashqi ishlar vazirligi Evropa Ittifoqi Belarusni noqonuniy migrasiya mavzusida sanksiyalar ro`yxatiga kiritishi kerakligini ma`lum qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar