1

O`zbek filmlari Turkiya kinofestivalida namoyish etilmoqda

Madaniyat 10.11.2021, 06:43
O`zbek filmlari Turkiya kinofestivalida namoyish etilmoqda

 Joriy yilning 8-12 noyabr kunlari Turikiyada bo`lib o`tayotgan “Korkut ata” xalqaro kinofestivalida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Ali Hamraevning “Xalq jasorati” va Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” filmlari premerasi bo`lib o`tdi. 

Premerada turkiyalik kinoijodkorlar bilan birga o`zbek delegasiyasi a`zolari ham ishtirok etishdi, deya xabar bermoqda Kinemotografiya agentligi. 

Qayd etilishicha, ushbu festivalda taniqli kinoaktyorlar Dilorom Karimova, Matyoqub Matchonov, Tohir Saidov, Rixsitilla Abdullaev, Dilnoza Kubaeva va boshqalar ishtirok etishgan. 

Uning dasturidan o`zbekistonlik kinoijodkorlar tomonidan “O`zbek kino kunlari” hamda Rashid Malikov rejissyorligidagi “Tutqunlik” filmining premeralari ham o`rin olgan. 

"Shuningdek, kinofestival doirasida O`zbekiston va Turkiya kinematografistlari hamkorligini ta`minlash yuzasidan videomuloqot, ijodiy uchrashuvlar, badiiy va hujjatli filmlar hamda teleseriallar ishlab chiqarish bo`yicha memorandumlar imzolanishi kutilmoqda",-deyiladi agentlik xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1