AsosiyDunyo

Sankt-Peterburgda 60 yoshdan oshganlarni majburiy emlash joriy etildi

'Sankt-Peterburgda 60 yoshdan oshganlarni majburiy emlash joriy etildi'ning rasmi

 Sankt-Peterburgda koronavirusga qarshi emlanishi kerak bo`lgan odamlar ro`yxatini sezilarli darajada kengaytiruvchi farmon imzolandi, deb xabar beradi RBK nashri. 

Shu paytgacha shaharda faqat ijtimoiy ahamiyatga ega soha xodimlari majburiy emlashdan o`tkazilar edi. 

Endi 60 yoshdan oshgan barcha fuqarolar, shuningdek, surunkali kasalliklarga chalinganlar (shu jumladan bronxopulmoner, yurak-qon tomir va endokrin tizimlarida muammosi borlar)ham emlashlari kerak bo`ladi.

 Bundan tashqari, emlash kasb-hunar maktablari va universitetlarning 18 yoshdan oshgan talabalari uchun ham majburiy etib belgilangan. 

Qayd etilishicha, hukumat vaksinaning birinchi komponenti bilan aholini 15 dekabrgacha, ikkinchi komponent bilan esa 15 yanvargacha emlashni ta`minlashi kerak.

    Boshqa yangiliklar