1

Turkiyaning yirik kinokompaniyalari bilan kelishuvlarga erishildi

Madaniyat 11.11.2021, 14:51
Turkiyaning yirik kinokompaniyalari bilan kelishuvlarga erishildi

Turkiyada o`tkazilayotgan “Korkut ata” xalqaro kinofestivali doirasida O`zbekiston Kinematografiya agentligi Turkiyaning bir kator kinokompaniyalari bilan memorandum imzoladi.  Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Kuni kecha Agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov CJ ENM ENTERTAINMENT DIV bosh direktori Ferhad Aslan va Mengu Atasagum, CGV MARS ENTERTAINMENT GROUP bosh direktorining o`rinbosari Baris Atbas, Qurilish kengashi raisi Kerim Altintas bilan TRT xalqaro kinoplatformaga tashrif hamda hamkorlik buyicha uchrashuvlar utkazdi.

Shuningdek, SJC AS va Mars AS distribusiya kompaniyalari, Mega Basim nashriyot uyi hamda Baxcheshexir universiteti bilan hamkorlik bo`yicha kelishuvlarga erishildi. Endilikda Kinematografiya agentligi va Turkiyaning etakchi kinokompaniyalari bilan yirik hamkorliklar yo`lga qo`yiladi.

Mazkur kinofestivalda taniqli kinoijodkorlardan iborat o`zbek delegasiyasi ham ishtirok etmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1