1

Toshkentda “Montaj” qisqa metrajli filmi suratga olinmoqda

Madaniyat 11.11.2021, 15:41
Toshkentda “Montaj” qisqa metrajli filmi suratga olinmoqda

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Debyut start-2021” kinofestivalida g`olib bo`lgan ssenariy loyihalari asosida “Montaj” qisqa metrajli filmi suratga olinmoqda.  Bu haqda agentlik Axborot xizmati ma`lum qildi. 

Film oila mavzusida bo`lib, oila jamiyatning asosiy bo`g`ini ekani, uni asrash va qadrlash kabi g`oyalarni o`zida aks ettirgan.  

Ssenariy muallifi Husnullo Jomonqulov, rejissyor Dilshodbek Usmonov, operator Kamoliddin Ziyovuddinov, rassom Rustam Shayonov, kartina direktori Ilhom Absalomov. Rollarda Nigora Karimboeva, Egamberdi Rahimov, Asliddin Amrullaev.  

Hozirda Toshkent shahrida filmning s`yomka jarayonlari davom etmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1