AsosiyDunyo

“Tolibon” Afg`onistondagi tarixiy kinoteatrni yopdi

'“Tolibon” Afg`onistondagi tarixiy kinoteatrni yopdi'ning rasmi

Afg`oniston hukumatini to`liq boshqaruvga olgan “Tolibon” harakati Qobul shahridagi “Ariana” kinoteatrini yopdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi

Qayd etilishicha, “Tolibon” harakati mamlakatda faoliyat yuritayotgan kinoteatrlarni yopish bo`yicha buyruq chiqargan, jumladan, bir necha o`n yildan buyon faoliyat ko`rsatayotgan “Ariana” bo`yicha ham shunday qarorga kelingan. Bu kinoteatrlarda Amerika va Evropa kinolari namoyish etib kelingan. 

Manbada aytilishicha, kinoteatrlarni shariat qonunlariga zid deb topishgan. 

“Kino juda muhim, busiz mamlakatda madaniyat bo`lmaydi. Biz shu kinolar tufayli – Amerika, Evropa va Hindistonni ko`rishimiz mumkin edi”, - deydi “Ariana” xodimlaridan biri. 

Boshqa yangiliklar