1

Turkiyada o`zbek kinosanoatidagi islohotlar haqida taqdimot bo`lib o`tdi

Madaniyat 12.11.2021, 09:42
Turkiyada o`zbek kinosanoatidagi islohotlar haqida taqdimot bo`lib o`tdi

Istanbulda Turk dunyosi birinchi xalqaro kinokonferensiyada O`zbekiston kinosanoatida amalga oshirilayotgan islohotlar taqdimoti bo`lib o`tdi. Konferensiya "Korkut ota" Turkiy mamlakatlar kinofestivali doirasida o`tkazildi. Unda o`zbek kinosidagi bugungi natijalar va islohotlar haqida taqdimot o`tkazildi.  

Shuningdek, Turkiya madaniyat va turizm vaziri o`rinbosari Axmet Misbax "Korkut Ata” festivali boshqa turkiy davlatlarda ham o`tkazilishini ma`lum qildi:

-  Turkiy davlatlar bilan hamkorligimiz, kino orqali o`rnatayotgan munosabatlarimiz yanada mustahkam bo`ladi albatta.  O`zbek kinosi va kino ijodkorlari  haqiqatdan ham kuchli va  o`zbeklar kinofilmlarni juda  ajoyib ishlashadi, biz sizni olqishlaymiz.  O`zbekistonning Buxoro, Samarqand, Toshkent kabi shaharlariga borganmiz.  Vataningizga muhabbatimiz boshqacha. O`zbek kinosining kuchli ekanligi bizni juda quvontirdi.  Barcha aktyorlarimizni, prodyuserlarimizni O`zbekiston kinosi lol qoldirmoqda.

Ozarbayjon kinematografiya departamenti rahbari Rufat Gasanov ham kinofestival haqida o`z fikrlarini bildirdi:

– Bir oy avval biz O`zbekistonda katta delegasiya bilan “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida bo`ldik. Mukofot ham oldik. Kinematografiya agentligi bilan “Xo`ja Nasriddin” kinoloyihasi yuzasidan o`zaro hamkorlikdagi memorandumni ham imzoladik. Bu loyihaning muallifi Ozarbayjon xalq artisti Vagif Mustafaev. Umid qilamizki, bu loyiha nafaqat O`zbekiston va Ozarbayjon o`rtasida, balki butun turkiy davlatlar o`rtasidagi qaldirg`och bo`ladi.  

Firdavs Abduxoliqov, O`zbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktori:

– Turkiy davlatlarning mazkur kinofestivalida o`zbek kinoijodkorlari delegasiyasi faol ishtirok etmoqda. Biz shunchaki bu jarayonning tomoshabini emas, balkim faol ishtirokchisi bo`ldik. Alohida ta`kidlash kerakki, bunday festivallar Qirg`iziston, Qozog`iston, Ozarbayjon va boshqa  mamlakatlarda ham o`tkazilishi quvonarli.

O`zbekiston kinosanoati, VGIK filialining ochilishi, kinomuzey va kinofondning ochilishi va boshqa yangiliklarni, shuningdek, afsonaviy “O`zbekfilm” kinostudiyasining rekonstruksiya qilingani hamda boshka muxim ma`lumotlar festival ishtirokchilarida juda katta qiziqish uyg`otdi.

Eslatib o`tamiz, Turkiyada o`zbek kinosi kunlari bo`lib o`tmoqda. Unda Rashid Malikovning "Tutqunlik" filmi namoyish etilmoqda. Shuningdek, "Ilhaq" hamda "Xalq jasorati" filmlari Turkiya telekanallarida efirga uzatiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1