Fransiya terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichining navbatdagi turida Qozog`istonga qarshi maydonga tushdi va 8:0 hisobida g`alaba qozondi.
Qayd etilishicha, ushbu g`alaba faranglarning rasmiy o`yinlardagi mag`lubiyatsiz seriyasini 26taga etishini ta`minladi. Ya`ni, Dide Desham shogirdlari 18ta g`alaba va 8ta durang qayd etgan.
Biroq bu terma jamoaning mutlaq rekord ko`rsatkich hisoblanmaydi. Terma jamoaning shaxsiy rekordi 1994-yilning sentyabridan 1999-yilning martigacha o`rnatilgan – 27ta o`yin.
Ma`lumot uchun, Dide Desham shogirdlari 16 noyabr kuni saralash bosqich doirasida Finlyandiyaga qarshi maydonga tushadi.