12-14 noyabr kunlari Toshkent shahridagi "Yunusobod sport majmuasi"da o`tkazilgan sambo bo`yicha jahon chempionati o`z yakuniga etdi.
Uch kun davomida sambo muxlislari keskin va shiddatli bellashuvlar guvohiga aylanishdi, deya xabar bermoqda O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi.
Ta`kidlanishicha, musobaqada ishtirok etgan o`zbekistonlik sambochilar umumiy hisobda 11 ta medal qo`lga kiritishgan.
Terma jamoa a`zolari 3 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqishgan. Jamoamiz safida quyidagi sportchilar sovrindor bo`lishdi:
Oltin:
-58 kg:
Bahodir Bakiev (jangovar sambo)
-88 kg:
Ixtiyor Eshmurodov
-98 kg:
Nodirjon Mirxalikov
Kumush:
-79 kg:
Ulug`bek Rahmonov
-64 kg:
Oybek Soliev (jangovar sambo)
-50 kg:
Sabina Davlatova
-79 kg:
Furqat Ro`ziev (jangovar sambo)
-88 kg:
Sohibjon Hasanboev (jangovar sambo)
Bronza:
-59 kg:
Ibodatxon Agojonova
+98 kg:
Hakimjon Ismoilov (jangovar sambo)
-71 kg:
Istam Qudratov Ushbu natija orqali sambochilarimiz jahon chempionatini umumjamoa hisobida ikkinchi o`rinda yakunlashdi.
Birinchi o`rinni Rossiya vakillari egallashgan bo`lsa (8 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza), kuchli uchlikka Belarus vakillari (3 ta oltin, 5 ta kumush) yakun yasashgan.






