Dehli hukumati havoning o`ta ifloslanishi sababli maktablarni yopmoqda. Shuningdek, yana boshqa cheklovlarni ham joriy qilinmoqda. Bu haqda xorijiy OAVga tayanib Zamon.uz xabar berdi.
Ta`kidlanishicha, ayni kunlarda Yangi Dehlida kuzatilayotgan bunday havo ifloslinishi jahon sog`likni saqlash tashkiloti belgilagan xavfsiz chegaradan ham 30 barobar yuqori. Bu esa haqiqatda ham vaziyat yomonligi ko`rsatadi.
Hozirda shifoxonalar nafas olishda muammosi bor fuqarolar bilan to`la. Yo`l harakatlari to`xtatilgan. Hatto inshootlar qurilishi ham to`xtagan.
Ma`lumtlarga ko`ra, Amerika aviasiya shirkati ham vaziyatni inobatga olib, Yangi Dehliga bo`ladigan parvozlarni 4 kunga cheklagan.
Hukumat vaziyatdan chiqib ketishning yagona yo`li yomg`ir yog`ishi deb ta`kidlaydi. Agar yomg`ir yog`adigan bo`lsa, havoning ifloslanishi ham ma`lum darajagacha pasayadi.
Ekologik viziyat Yangi Dehlidan tashqari Gurgaon, Noida va G`oziobod shaharlari ham kuzatilayotgani aytilmoqda .






