AsosiyMadaniyat

"Qovoq mening jonu dilim” filmi suratga olinmoqda

'"Qovoq mening jonu dilim” filmi suratga olinmoqda'ning rasmi

 Kinematografiya agentligi buyurtmasiga bilan “Debyut start-2021” kinofestivalida g`olib bo`lgan ssenariy loyihalari asosida “Qovoq mening jonu dilim" qisqa metrajli filmi suratga olinmoqda. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar bermoqda.

 Ma`lumotga ko`ra, kinokartinada yosh yigit va qiz bir-biriga ko`ngil qo`yishi aks ettirilgan. Ular ilk uchrashuvida qovoqli manti tanovvul qilishadi. Yillar davomida baxtli turmush kechirishadi. 

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Alisher Nazarov, postanovkachi operator Sadriddin Shahobiddinov, rassom Umarxo`ja Tillaxo`jaev, kartina direktori Foziljon Yunusov. Bosh rollarda Oyparcha Abdullaeva hamda Husniddin Temirov ishtirok etishgan. 

    Boshqa yangiliklar