AQShda o`tgan “Luiziana o`yinlari” musobaqasida muxlislar e`tiborli voqelikka guvoh bo`lishdi.
Unda ishtirok etgan Julia “Hurricane” Xovkins 105 yoshdan kattalar o`rtasida jahon rekordini o`rnatdi.
Ayollar o`rtasida 100 metrga yugurishda o`rnatilgan yangi rekord 1:02.95 daqiqani tashkil etmoqda. Musobaqadan so`ng Xovkins xonim kelajakda 1 daqiqadan ham kamroq vaqt bilan o`z rekordini yangilashni niyat qilgani haqida aytib o`tdi.






