AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ilk bor Milliy atlas yaratildi

'O`zbekistonda ilk bor Milliy atlas yaratildi'ning rasmi

Joriy yilning avgust oyida “Kartografiya” Davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 204-f-son farmoyishiga asosan 424 ta xaritani o`z ichiga jamlagan 2 tomdan iborat O`zbekiston Milliy atlasi yaratilayotgani haqida xabar bergan edik. 

Kadastr agentligining xabar berishicha, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig`iga asosan birinchi marotaba O`zbekiston Milliy atlasi yaratildi.

O`zbekiston Milliy atlasi 416 ta xaritalarni o`zida jamlagan 2 jilddan iborat bo`lib, O`zbekiston Respublikasining barcha sohalarini kartografik va matnli ko`rinishda tavsiflovchi fundamental ilmiy-ma`lumotnoma asari hisoblanadi.

Atlasda Respublikamizning "Tabiiy-geografik o`rni va umumiy xususiyatlari", "Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari", "Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi", "Aholisi", "Ijtimoiy" va "Iqtisodiyot sohalari" hamda "Tarixi" aks ettirilgan.

Milliy atlas Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (https://t.me/ygk_uz) va "Kartografiya" davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining 100 dan ortiq mutaxassislari, Fanlar akademiyasining etuk olimlari, vazirlik va idoralarning vakillari hamda oliy ta`lim va boshqa ilmiy maqomga ega bo`lgan tashkilotlardan jalb etilgan ekspertlar hamkorligida yaratildi.

    Boshqa yangiliklar