O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, 2021 yil 17 noyabr kuni A-373 “Toshkent – O`sh” avtoyo`lining “Qamchiq” davoni hududida havo harorati keskin pasayadi.
Xabarga ko`ra, hududda qor ko`rinishida yog`ingarchilik, vaqti vaqti bilan kuchli yog`ingarchilik, tuman, ko`rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi 17–22 m/s, kuchayishi 25-27 m/s gacha kutilmoqda, avtoyo`lda yaxvonlik va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.






