AsosiyJamiyat

Toshkentda “Iphone 12 PRO”ni soxta 900 AQSh dollariga sotib olayotgan shaxs ushlandi

'Toshkentda “Iphone 12 PRO”ni soxta 900 AQSh dollariga sotib olayotgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Yangihayot tumanida uyali aloqa vositasini xarid qilish uchun qalbaki AQSh dollaridan foydalanish holati qayd etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, departamentning Yangihayot tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro J.U. internet tarmog`i orqali tanishgan noma`lum shaxsga o`zining “Iphone 12 PRO” rusumli uyali aloqa vositasini 900 AQSh dollariga sotib, evaziga ushbu shaxsdan olgan 16 dona 50 AQSh dollari qalbaki ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, qalbakiligini bilmagani holda qalbaki valyuta qimmatliklarini olib, uni keyinchalik o`tkazgan shaxsning qilmishi ham jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

"Shu bois, o`zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda O`zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to`lov vositasi hisoblangan milliy valyuta “so`m”dan yoxud chet el valyutasida ochilgan hisobvaraqlardan foydalanish orqali o`zingizni noqonuniy harakatlardan asragan bo`lasiz", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar