AsosiyJamiyat

Endi hokimliklarning g`alla etishtiruvchilar faoliyatiga aralashuvi taqiqlanadi

'Endi hokimliklarning g`alla etishtiruvchilar faoliyatiga aralashuvi taqiqlanadi'ning rasmi

G`alla etishtirish va sotishda erkin raqobatni ta`minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to`g`risidagi Prezident qarori (PQ–10-son, 15.11.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022 yildan ekishga tavsiya etilgan bug`doy navlari xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan mustaqil joylashtiriladi.

 2022 – 2024 yillarda klasterlar va fermerlar etishtirgan hosilining g`alla ekilgan har gektar maydon hisobidan o`rtacha 2,5 tonnadan bug`doyni erkin birja savdolari orqali, qolgan qismini to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar asosida erkin sotadi.

Har yili 1 avgustgacha bug`doyning kelgusi yil hosili uchun kutilayotgan indikativ narx OAVda e`lon qilinadi.

Davlat boshqaruvi organlari, hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlariga quyidagilar taqiqlanadi:

- imtiyozli kreditlardan foydalanish yo`nalishlariga aralashish;

- bug`doyni sotish, shartnomalar tuzish, respublika hududlari o`rtasidagi ichki tashuvlarga aralashish;

- g`allachilik klasterlariga chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa yo`nalishlarni qo`shish to`g`risida yozma yoki og`zaki tartibda ko`rsatma berish.

2021 – 2022 yillarda “O`zdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalari tadbirkorlarga sotiladi.

 

    Boshqa yangiliklar