FFV bergan ma`lumotga ko`ra, bugun, 16-noyabr kuni soat 12:44 da Samarqand viloyati Jomboy tumani Nazar MFY “ChINLATEKS” MChJ hududida joylashgan kley ishlab chiqarish sexida yong`in sodir bo`lgan.
6 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 12:55 da etib borib, yong`in soat 14:50 da qurshab olingan va soat 15:51 da bartaraf etilgan.
Yong`in oqibatida sexning taxminan 400 kv.m. maydonda tomi, shifti va ichki qismida kley mahsulotlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q.
Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.