AsosiyJamiyat

Namanganda sobiq profilaktika inspektori fukarolarning nomiga olingan 81,4 mln. so`m kreditni o`zlashtirdi

'Namanganda sobiq profilaktika inspektori fukarolarning nomiga olingan 81,4 mln. so`m kreditni o`zlashtirdi'ning rasmi

Namangan shahar IIB sobiq profilaktika inspektori S.O. boshqa fukarolarning nomiga olingan jami 81,4 mln. so`m kredit mablag`larini talon-taroj qilganligi holati yuzasidan Bosh prokuratura ma`lumot berdi. 

Sobiq inspektorga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Gumonlanuvchi turli baxonalar bilan tergovga kelishdan bosh tortib, yashiringanligi sababli, unga nisbatan sirtdan ayb e`lon qilinib, 13 noyabr kuni sudining ajrimi bilan “qamoqqa olish” extiyot chorasi qo`llanilgan va unga nisbatan qidiruv e`lon qilingan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 14 noyabr kuni ayblanuvchi ushlanib, himoya huquqlari ta`minlangan holda tergovga jalb qilingan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar