AsosiyJamiyat

Ombudsman: "Xodimlarga oylik maoshlari o`z vaqtida berilishi shart" 

'Ombudsman: "Xodimlarga oylik maoshlari o`z vaqtida berilishi shart" 'ning rasmi

Ombudsmanga Jizzax viloyatining Forish tumanida yashovchi fuqaro H.A. tomonidan uch oy davomida ish haqi berilmayotgani bo`yicha murojaat kelib tushdi. Bu haqda uning matbuot xizmati ma`lum qildi.

Ishchilar oylik maoshlarini talab qilishganida esa tuman va viloyatdagi bosh hisobchilar o`zlari ishlaydigan tashkilot kredit olgani sababli shunday holat yuzaga kelgani tushuntiriladi. 

Vaholanki, O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161 moddasida mehnatga haq to`lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo`lishi mumkin emasligi belgilangan",-keltirib o`tiladi xabarda.

 Ta`kidlanishicha, ushbu murojaat Ombudsman nazoratiga olingach, hodimlarning uch oylik maoshlari to`lab berildi. Murojaatchining so`zlariga ko`ra, hozirda ishchilarga ish haqlari muddatidan kechiktirilmagan holda to`lanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar