AQSh Prezidenti administrasiyasi Pekinda o`tkazilishi rejalashtirilgan qishki olimpiya o`yinlariga boykot e`lon qilmoqchi. Bu haqda Washington Post gazetasida qayd etiladi.
AQSh hukumatining qarori Pekin tomonidan inson huquqlarining buzilishiga javob bo`lishi mumkin.
Shu bilan birga, bu qaror AQSh sportchilarining Olimpiadadagi ishtirokiga ta`sir qilmasligi ta`kidlangan. Ya`ni faqat ma`muriyat o`yinlarni boykot qilmoqda. Baydenning o`zi ham, Amerika hukumatining biron bir a`zosi ham rasmiy maqomda Olimpiadaga bormaydi.
Ma`lumotga ko`ra, bu boradagi yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, ammo AQSh rahbari allaqachon tegishli tavsiyalarni olgan. Nashr manbalarining yozishicha, davlat rahbari ular bilan kelishish niyatida, bu yil oxirigacha rasman e`lon qilinadi.
Eslatib o`tamiz, Pekinda Qishki Olimpiya o`yinlari 2022 yilning 4-20 fevral kunlari bo`lib o`tadi.






