AsosiyJamiyat

Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi Portugaliya Tashqi ishlar vaziri Augusto Santush bilan uchrashdi

'Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi Portugaliya Tashqi ishlar vaziri Augusto Santush bilan uchrashdi'ning rasmi

Kecha, 16 noyabr kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov  Bryusselga tashrifi doirasida Portugaliya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Augusto Santush Silva bilan uchrashdi. 

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma`lum qildi. 

Qayd etilishicha, muzokaralar chog`ida turli darajadagi tashriflarni tashkillashtirish, vazirliklararo maslahatlashuvlarni o`tkazish, xalqaro tashkilotlar doirasida tomonlarning bir-birini qo`llab-quvvatlashi orqali siyosiy muloqotni faollashtirish muhokama qilingan. 

To`qimachilik, farmasevtika, agrar va sayyohlik sohalarida hamkorlik uchun salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etilgan.

 "Muzokaralar yakunida O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Portugaliya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o`rtasida siyosiy maslahatlashuvlar to`g`risida anglashuv memorandumi imzolandi",-deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar