AsosiyJamiyat

Endilikda yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin

'Endilikda yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin'ning rasmi

Hukumatning 684-son qarori bilan engil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

Kiritilgan qo`shimchalarga ko`ra, endilikda yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin. (ilgari faqat jismoniy shaxslar nazarda tutilgan)

Ijaraga oluvchida alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi yoki o`zgacha mastlik aniq ko`rinib turganda ijaraga beruvchi unga transportni ijaraga berishni rad etishi mumkinligi belgilandi.

Shuningdek, ijaraga beruvchi ijaraga berilgan transport tomonidan yo`l harakati qoidalari buzilganligini “Ma`muriy amaliyot” tizimi orqali elektron tekshirishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar