AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ingliz tilini bilish darajasi past baholandi

'O`zbekistonda ingliz tilini bilish darajasi past baholandi'ning rasmi

EF English Proficiency Index butun dunyo bo`ylab ingliz tilini bilish bo`yicha tadqiqot olib bordi.

O`zbekiston 112 mamlakat orasida 88-o`rinni egalladi. 

Reytingda O`zbekiston Albaniya va Suriya o`rtasida joylashgan ingliz tilini bilish darajasi “juda past” deb baholanadigan davlatlar guruhiga kirdi. 

Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari orasida Qozog`iston 96-o`rinda, Qirg`iziston 101 va Tojikiston 103-o`rinda qayd etilgan. Turkmaniston reytingga kiritilmagan. 

Ingliz tilini bilish bo`yicha ro`yxatda Niderlandiya, Avstriya va Daniya etakchilik qilmoqda.

So`nggi bir yil ichida odamlarning til o`rganishga bo`lgan qiziqishi keskin kamaydi. Pandemiya tufayli odamlar sayohat qilishni, xizmat safarlariga borishni kamaytira boshladi va tilni o`rganish yoki bilish darajasini saqlab qolish zarurati yo`qoldi. 

Ma`lumot o`rnida, tadqiqot 2019 yilda 100 ta, 2021 yilda esa 112 ta davlat o`rtasida o`tkazildi.

    Boshqa yangiliklar