Bugun 17-noyabr kuni internet ijtimoiy tarmoqlarida “Aytishlaricha Zarafshondagi Lolazor degan joyda tilla qumini kavlash paytida 40-50 kishini qum bosib qolgan. Lekin bu haqda hamma joyda skunat. Rasmiy munosabat kutib qolamiz” mazmunidagi xabar e`lon qilingan.
Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borildi va 40-50 kishining qum bosib qolganligiga oid ma`lumot o`z isbotini topmadi.
Aslida 2021-yil 13-noyabr kuni soat taxminan 22:00 larda Konimex tumani "Karakata" OFY hududida joylashgan Lolazor nomli cho`l hududida bir guruh fuqaro tuproq tarkibidan tilla qumlarini kavlab olish bilan shug`ullangan va kutilmaganda qum ostida qolgan. Oqibatda 4 nafar fuqaro hayotdan ko`z yumgan.
Surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.






